platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentning toʻrtta tumanida hokimlar almashdi

Avval Yangihayot tumani hokimi boʻlgan Hayot Inogʻomov Chilonzor tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Yakkasaroy tumaniga rahbarlik qilgan Nilufar Allabergenova esa Toshkent shahar prokurori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Toshkentning toʻrtta tumanida hokimlar almashdi

Toshkentning toʻrtta tumanida hokimlar almashdi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.

Inogʻomov Hayot Ilyasovich Chilonzor tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Hayot Inogʻomov 1986 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2006 yilda Toshkent avtomobil yoʻllari institutini, 2008 yilda esa mazkur institut magistraturasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida transport va yoʻl infratuzilmasi hamda davlat boshqaruvi tizimida qator masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2020 yildan Yangihayot tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.

Temirov Lazizbek Poʻlatovich Yangihayot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Lazizbek Temirov 1989 yil Fargʻona viloyati Fargʻona tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2012 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2021 yilda esa mazkur universitet magistraturasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida iqtisodiyot va davlat boshqaruvi tizimida qator masʼul lavozimlarda ishlagan. 2024 yildan Yashnobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Abdulxakov Abdulaziz Axatovich Yashnobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Abdulaziz Abdulkaxov 1980 yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2006 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida hokimlik tizimida qurilish, arxitektura va kommunal xoʻjalik sohalarida qator masʼul lavozimlarda ishlagan. 2018–2025 yillarda — Mirzo Ulugʻbek tumani hokimining qurilish, infratuzilma va obodonlashtirish yoʻnalishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2025 yildan Toshkent shahar “UET Construction” MChJ ijtimoiy obʼektlarni qurish departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Nilufar Allabergenova Yakkasaroy hokimi lavozimidan ozod etildi. U tumanni 2023 yilning oktabridan buyon boshqarib kelayotgandi va poytaxt tumanlari hokimi lavozimidagi ilk ayol boʻlgan. Uning oʻrniga Sergeli tumani hokimi oʻrinbosari sifatida ishlagan Akmal Jumaboyev tayinlangani aytilmoqda.

Toshkentning toʻrtta tumanida hokimlar almashdi

Nilufar Allabergenova esa Toshkent shahar prokurori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid