Toshkentda maktab oʻquvchisi boʻlgan qiz oʻzini osdi
Olmazor tumanidagi 16-maktabning 10 sinfida oʻqiydigan qiz 12 oktabr kuni oʻzini osib qoʻydi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar qilmoqda. Ona qizining telefonini olib sindirib tashlagani sabab qiz oʻz joniga qasd qilgani aytilmoqda.

Platina.uz. holatga oydinlik kiritish uchun Bosh prokuratura bilan bogʻlandi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Platina.uz. soʻroviga javoban maʼlum qilishicha, 2026 yil 12 oktabr kuni soat 18:12 da «112» raqami orqali kelib tushgan xabarga koʻra, Toshkent shahri Olmazor tumani joylashgan xonadonda 2010 yilda tugʻilgan qizning vafot etganligi aniqlangan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, marhumning ukasi uy eshigi qulf boʻlgani sabab balkon orqali xonadonga kiradi va opasini osilgan holatda koʻrgan.
Hodisa joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari uning vafot etganligini qayd etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.





