platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida sunʼiy koʻl qurilishi boshlandi

Koʻl atrofidagi 5 gektar maydonda sayr, yugurish va velosiped yoʻlakchalari, bolalar maydonchalari, oʻrindiqlar va barbekyu zonalari barpo etiladi. Ishlar yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan. 

Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida sunʼiy koʻl qurilishi boshlandi

Sergeli tumanining Qumariq mahallasidagi 17 ming kvadrat metr (1,7 gektar) maydonda favvorali sunʼiy koʻl qurish boshlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Bu poytaxtning barcha tumanlarida 12 ta sunʼiy suv havzasini tashkil etish loyihasining bir qismidir.

"Suv havzasi changni kamaytirish, havoni namlantirish va atrof-muhitda yanada qulay mikroiqlimni shakllantirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Bu yerda aholi dam olishi, sayr qilishi va sport bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi", — deyiladi xabarda.

Koʻl atrofidagi 5 gektar maydonda sayr, yugurish va velosiped yoʻlakchalari, bolalar maydonchalari, oʻrindiqlar va barbekyu zonalari barpo etiladi. Hozirda konstruksiyani armaturalash va mustahkamlash, shuningdek, koʻlni saqlab turuvchi himoya devorni shakllantirish ishlari olib borilmoqda.

Geologiya xulosalari hudud sunʼiy koʻl barpo etish talablariga muvofiq kelishini tasdiqlagan. Geologiya xulosalari hudud sunʼiy koʻl barpo etish talablariga muvofiq kelishini tasdiqlagan. Noyabrga qadar koʻl atrofida uzunligi qariyb 800 metr boʻlgan devor qurishni yakunlash va boʻlajak koʻl oʻzanidan tuproqni olib chiqish rejalashtirilgan

Hozirga qadar asosiy ishlarning 30 foizdan ortigʻi bajarilgan. Ularni yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid