platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Tilanchilik bilan shugʻullanganlik uchun jarima oshirildi

Jamoat joylarida tilanchilik qilganlik uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1–3 baravaridan 3–5 baravarigacha oshirildi. 

Tilanchilik bilan shugʻullanganlik uchun jarima oshirildi

Oʻzbekistonda tilanchilik bilan shugʻullanganlik uchun maʼmuriy javobgarlik kuchaytirildi.

Bu 14 oktabrda qabul qilingan OʻRQ–1180-sonli qonunda nazarda tutilgan. Ushbu qonun 14 oktabr prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

Unga koʻra, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 188³-moddasiga oʻzgartirish kiritilib, jamoat joylarida tilanchilik qilganlik uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1–3 baravaridan 3–5 baravarigacha oshirildi. Shuningdek, 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olish jazosi ham belgilandi.

Moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun esa BHMning 10–15 baravari miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllaniladi.

Yangi tartib bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun doirasida joriy etilmoqda. Eslatib oʻtamiz, ilk bor tilanchilik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik 2019 yil boshida kiritilgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid