platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Shavkat Umrzoqov pul ajratish boʻyicha qaror imzoladi

“Toshkentning faol ayoli – 2026” sport musobaqasi hamda “Zakovat” intellektual oʻyinining Toshkent shahar bosqichlarini oʻtkazish xarajatlari uchun  140 mln soʻm sarflanadi. Shuningdek, xizmat avtomobillarining ayrim xarajatlari uchun ham mablagʻ beriladi. 

Shavkat Umrzoqov pul ajratish boʻyicha qaror imzoladi

Toshkent shahar mahalliy byudjetining zaxira jamgʻarmasi hisobidan jami 180 mln soʻm ajratildi. Bu haqda hokim Shavkat Umrzoqovning tegishli qarori eʼlon qilindi.

Mablagʻ Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasining tuman boʻlimlari rahbarlariga biriktirilgan xizmat avtomobillarining ayrim xarajatlari uchun yoʻnaltiriladi.

Qarorda yoqilgʻi xarajatlari uchun 130 mln hamda mazkur avtomobillarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar uchun 50 mln soʻm ajratilgan.

Shuningdek, “Toshkentning faol ayoli – 2026” sport musobaqasi hamda “Zakovat” intellektual oʻyinining Toshkent shahar bosqichlarini oʻtkazish xarajatlari uchun yana 140 mln sarflanishi belgilangan.

Hujjatga koʻra, mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Umrzoqovning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari D.Xudaybergenov zimmasiga yuklatilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid