Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan uchrashdi
Muloqot davomida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklari yetkazildi, ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan uchrashdi.
Muloqot davomida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklari yetkazildi, ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
“Oʻzbekiston va Turkiyani doʻstlik hamda yaqin hamkorlik rishtalari bogʻlab turadi. Muloqot chogʻida birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz natijalari va mamlakatlarimiz oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildik.
Janob Prezidentga samimiy qabul, Oʻzbekistonga qaratilayotgan alohida eʼtibor hamda qardosh xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni qoʻllab-quvvatlayotgani uchun chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman,- dedi Saida Mirziyoyeva.





