Saida Mirziyoyeva “Baykar” kompaniyasi majmuasida boʻldi
Prezident Administratsiyasi rahbari yuqori texnologiyalar, xususan, mudofaa sanoati sohasidagi ilgʻor loyihalari bilan tanishdi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi majmuasida boʻldi va texnologiyalar, xususan, mudofaa sanoati sohasidagi ilgʻor loyihalari bilan tanishdi.

“Bunday yutuqlar zamirida koʻp yillik ilmiy izlanishlar, iqtidorli muhandislarning mehnati hamda milliy texnologiyalarni rivojlantirishga kiritilgan investitsiyalar turibdi. Turkiyaning bu boradagi tajribasi Oʻzbekiston uchun ham muhim amaliy ahamiyatga ega.

Mutaxassislarimiz oʻrtasida tajriba almashish hamda texnologik loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun imkoniyatlar borligini koʻrmoqdaman”, — deb yozdi Prezident administratsiyasi rahbari.





