Qoʻshni davlatdan kelgan narkosavdogarlar qoʻlga olindi
Ular Toshkent viloyatida 2 kgdan oshiq "opiy" moddasini shartli xaridorga 20 ming dollarga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalilllar bilan ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi narkotik modda savdosiga chek qoʻyildi. Bu haqda DXX Platina.uzga xabar berdi.
Jumladan, 1972 va 1976 yillarda tugʻilgan 2 nafar qoʻshni davlat fuqarosi sof ogʻirligi 2 kg 18 gr boʻlgan “opiy” moddasini aylanma yoʻllar orqali mamlakatimiz hududiga olib kirgan. Soʻngra Toshkent viloyatida shartli xaridorga 20 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalilllar bilan ushlandi.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.





