platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda ish joyidagi tazyiq, zoʻravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

Oʻzbekistonda xodimlarning huquq va qadr-qimmatini himoya qilish, ish joylarida tazyiq, zoʻravonlik va kamsitishning oldini olishga qaratilgan Milliy dasturni amalga oshirish boshlandi. Toshkentda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va rivojlanish boʻyicha hamkorlarning 70 ga yaqin vakili ishtirokida dasturni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekistonda ish joyidagi tazyiq, zoʻravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi, Inson kapitalini rivojlantirish loyihalar ofisi bosh koordinatori Nozimaxon Davletova har bir tashkilotda oʻzaro hurmat madaniyatini shakllantirish muhimligini taʼkidlab, oʻz nutqida shunday dedi:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan islohot tufayli biz har bir insonga, erkak yoki ayol boʻlishidan qatʼi nazar, institutlararo hurmatni shakllantirish mexanizmini yaratmoqdamiz. Bu har bir tashkilotda meʼyorga aylanishi kerak. Oʻzaro hurmat madaniyati Yangi Oʻzbekistonimiz uchun sogʻlom jamiyat va kelajakning kuchli kadrlarini shakllantiradi”.

Dasturning muhim yangiliklari:

-Joriy yil dekabrigacha xodimlar ish joyidagi qonunbuzilishlar haqida anonim xabar berishi mumkin boʻlgan “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” raqamli portali ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

-14 ta hududda 700 nafar fasilitator tayyorlanadi. Ular davlat tashkilotlarida inson resurslarini boshqarish va xavfsiz ish muhitini yaratish uchun masʼul 35 ming nafar xodimni oʻqitadi.

Xodimlarning murojaatlarini koʻrib chiqish va koʻrilgan choralarni kuzatish mexanizmlari yoʻlga qoʻyiladi.

Oʻzbekistonda ish joyidagi tazyiq, zoʻravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi



Tadbirda Oliy sud raisi Robaxon Mahmudova, Bosh prokuror oʻrinbosari Svetlana Artikova, BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA)NING Oʻzbekistondagi doimiy vakili Nigina Abasazade va BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori Sabin Mahl ham ishtirok etib, qonunchilikda belgilangan kafolatlarni amalda ishlaydigan mexanizmlarga aylantirish hamda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish muhimligini taʼkidladilar.

Milliy dastur Prezidentning 2026 yil 21 sentabrdagi PQ–345-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 28 sentabrdagi 518-son qarori asosida amalga oshiriladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid