platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Chaqiruv uchastkalarida qayd etish ishlari: hokimlik bayonot bilan chiqdi

Toshkent shahar hokimining chaqiruv uchastkalarida qayd etish ishlarini tashkil etishga oid qarori yuzasidan turli fikrlar bildirilmoqda. Chaqiruv uchastkalarida qayd etish harbiy xizmatga darhol chaqirish degani emasligi bildirildi. 

Chaqiruv uchastkalarida qayd etish ishlari: hokimlik bayonot bilan chiqdi

Chaqiruv uchastkalarida qayd etish ishlari nima maqsadda tashkil etilmoqda? Toshkent shahar hokimligi izoh berdi.

​Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimining chaqiruv uchastkalarida qayd etish ishlarini tashkil etishga oid qarori yuzasidan turli fikrlar bildirilmoqda.

​Mazkur qarorning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

​Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasiga muvofiq, fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish ularni harbiy roʻyxatga olish, sonini aniqlash, harbiy xizmatga yaroqlilik darajasi hamda umumitaʼlim va jismoniy tayyorgarligini oʻrganish maqsadida amalga oshiriladi.

Qonunchilikda ushbu tadbirlarni oʻtkazish muddati ham belgilangan. Jumladan, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va boshlangʻich professional taʼlim muassasalarining oxirgi oʻquv yilida, oktabr–noyabr oylarida qayd etish ishlari tashkil qilinadi.

​Muhim jihat: chaqiruv uchastkalarida qayd etish harbiy xizmatga darhol chaqirish degani emas.

​Bu, avvalo, fuqarolarni harbiy hisobga olish va tegishli maʼlumotlarni aniqlashtirish jarayonidir. Harbiy xizmatga chaqirish esa qonunchilikda belgilangan alohida tartib asosida amalga oshiriladi.

​Toshkent shahar hokimining 2026 yil 5 oktabrdagi 502-14-0-Q/26-son qarori aynan shu tadbirlarni oʻz vaqtida va tizimli tashkil etish, masʼul tashkilotlar hamkorligini taʼminlash hamda tibbiy koʻriklarni belgilangan tartibda oʻtkazishga qaratilgan.

​Jarayonda tuman mudofaa ishlari boʻlimlari, taʼlim muassasalari, tibbiyot tashkilotlari va mahallalarning hamkorligi nazarda tutilgan. Bu qayd etish ishlarini tartibli tashkil etish va fuqarolarga zarur tushuntirishlar berishda muhim ahamiyatga ega.

​Barcha tadbirlar amaldagi qonunchilikda belgilangan vakolat va tartiblar doirasida amalga oshirilishi lozim. Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish , ularga jarayonning maqsadi va tartibini tushuntirish masʼul tashkilotlarning vazifasidir, deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid