Bokuda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida sammit boshlandi
Kongress markazida davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev kutib oldi.

Boku shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning yettinchi sammiti boshlandi.

Kongress markazida davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev kutib oldi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashgandi.

Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashib, boʻlajak tadbirlar rejasini muhokama qildilar.





