Andijondagi maktabda janjal qilgan oʻquvchi qizlarning ota-onalariga chora koʻriladigan boʻldi
Holat sabab oʻquvchilarning ota-onalariga nisbatan OʻzMJTKning 47-moddasini qoʻllanishi belgilandi. Mazkur sinf rahbari ham vazifasidan ozod etildi.

Tarmoqda maktab oʻquvchi qizlari oʻzaro urishgani aks etgan video tarqaldi.
Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati izoh berdi.
Qayd etilishicha, hodisa Oltinkoʻl tumani “Qoʻshtepa” mahalla fuqarolar yigʻinidagi maktabda sodir boʻlgan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi holat joriy yilning 13 oktabr kuni soat 14:00 lar chamasida (tanaffus vaqtida) maktabning uch nafar oʻquvchi qizlari oʻzaro tortishuvi natijasida videotasvirlardagi holat roʻy bergan.
Holat nazoratga olinib, tuman MMTB maʼsullari, profilaktika inspektori N. Nazirov, maktab rahbariyati va oʻquvchilarning ota-onalari ishtirokida profilaktik suhbat olib borilib, yakunda oʻquvchilarning ota-onalariga nisbatan OʻzMJTKning 47-moddasini qoʻllash boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirildi. Mazkur sinf nazoratida kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligi sababli sinf rahbari Sh.N sinf rahbarligidan ozod etildi.





