Yil boshidan buyon salkam 6,5 ming kishi Sankt-Peterburgdan chiqarib yuborildi
Ular migratsiya qonunchiligini buzishda ayblangan. Chiqarib yuborilganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari ham bor, ammo ularning soni ochiqlanmagan.

Yil boshidan buyon salkam 6,5 ming kishi Sankt-Peterburgdan chiqarib yuborildi, ular orasida oʻzbekistonliklar ham bor.
2026 yil boshidan beri Sankt-Peterburg sud ijrochilari qariyb 6500 nafar chet el fuqarosini Pulkovo aeroportidagi nazorat oʻtkazish punktiga kuzatib qoʻyishdi va ularga Rossiyadan chiqib ketishni buyurishdi.
Federal sud ijrochilari xizmatining Sankt-Peterburg bosh boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, bu raqam oʻtgan yilning shu davridagi 6000 dan sal koʻproqni tashkil etgan.
Aytilishicha, eng koʻp Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston fuqarolari Rossiyada boʻlish qoidalariga rioya qilmagan. Bu yil deportatsiya qilinganlar orasida Jazoir, Gvineya, Bangladesh, Braziliya, Filippin, Iordaniya, Germaniya, Isroil, Kanada va AQSh fuqarolari ham bor edi.
Rossiyada kirish yoki boʻlish qoidalarini buzganlik uchun chet elliklar Maʼmuriy huquqbuzarliklar kodeksining 18.8-moddasi boʻyicha javobgarlikka tortiladi. Deportatsiya qilingandan soʻng, ularga besh yil davomida mamlakatga kirish taqiqlanadi.
Rossiyada kadrlar tanqisligi sabab ayrim mehnat migrantlari majburiy imtihonlardan ozod qilinishi mumkinligi xabar berilgandi.





