Yangihayotda YPX inspektori adashib qolgan bolani oilasiga qaytardi
Bola uyi eshigi ochiq boʻlgani sabab koʻchaga chiqib ketib, katta yoʻlda adashib qolgan. Uning holatini kuzatib turgan, shu atrofda xizmat olib borayotgan YPX xodimi esa yordamga oshiqqan.

Toshkent shahri Yangihayot tumanida YPX inspektori koʻchada adashib qolgan bolani oilasiga qaytardi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB videolavhasida aytiladi.
Aytilishicha, bola uyi eshigi ochiq boʻlgani sabab koʻchaga chiqib ketib, katta yoʻlda adashib qolgan. Bolaning holatini kuzatib turgan, shu atrofda xizmat olib borayotgan YPX xodimi esa yordamga oshiqqan.
"Ertalab Yangihayot tumanida xizmat olib borayotganda yoʻlning qatnov qismida yurgan bolaga koʻzim tushdi. Undan manzilini soʻragandim, lekin bola aytib bera olmadi", deya hikoya qiladi xodim.
Tezkor tadbirlar natijasida bolaning yashash uyi topilib, onasiga sogʻ-salomat topshirilgan. Bolaning onasi YPX xodimiga mazkur xatti-harakat uchun minnatdorlik bildirdi.





