platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Uzbekistan Airways mahalliy reyslarga narxlarni pasaytirdi

Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar uchun respublika ichidagi barcha yoʻnalishlarda 15 foizgacha chegirma joriy etiladi. Chegirmali chiptalar 15 oktabrdan sotiladi. 

Uzbekistan Airways mahalliy reyslarga narxlarni pasaytirdi

"Oʻzbekiston Havo Yoʻllari" mahalliy reyslarda narxlarni pasaytiradi.

16 oktabrdan boshlab yangi tariflar joriy etiladi.

​OAV uchun Kontent tayyorlash markazida oʻtkazilgan brifingda Uzbekistan Airways AJ matbuot kotibi Qizlarxon Begmatova mahalliy yoʻnalishlarda aviachiptalar tariflarining yangilanishi va Xitoy bilan havo qatnovlari kengaytirilishi haqida maʼlumot berdi.

16 oktabrdan mahalliy yoʻnalishlarda yangi tariflar amal qila boshlaydi. Eng hamyonbop Lite tarifiga 8 kilogrammgacha qoʻl yuki kiradi, bagaj esa kiritilmaydi.

Ushbu tarifdagi chiptalarni qaytarish yoki almashtirish mumkin emas. Shuningdek, Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar uchun respublika ichidagi barcha yoʻnalishlarda 15 foizgacha chegirma joriy etiladi.

Chegirmali chiptalar 15 oktabrdan sotiladi, parvozlar esa 1–30 noyabr kunlari amalga oshiriladi.

​Xitoy yoʻnalishida ham qatnovlar koʻpaytirilmoqda. Toshkent — Guanchjou yoʻnalishidagi reyslar soni haftasiga 3 taga yetkazildi. Toshkent — Pekin yoʻnalishida esa qishki jadvaldan boshlab haftalik qatnovlar sonini 2 tadan 3 taga oshirish rejalashtirilgan.

Toshkent — Urumchi yoʻnalishida haftasiga 4 ta, Toshkent — Xanchjou yoʻnalishida esa 2 ta reys amalga oshirilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid