platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi

Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashib, boʻlajak tadbirlar rejasini muhokama qildilar. 

Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi

Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisini Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashga raisligi muvaffaqiyatli kechayotgani hamda uning yettinchi sammiti yuqori saviyada tashkil etilgani bilan samimiy tabrikladi.

Shu yilning avgust oyida Ozarbayjon Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish orqali Oʻzbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Barcha darajalarda samarali aloqalar yoʻlga qoʻyilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yil boshidan buyon oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga oshdi. Geologiya, energetika, qurilish, transport, logistika, yengil sanoat, turizm va boshqa sohalardagi kooperatsiya loyihalari faol pallaga kirdi.

Madaniy-gumanitar almashinuvning tadbirlarga boy dasturi amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashib, boʻlajak tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid