platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Qozogʻiston xorijliklar uchun elektron kirish ruxsatnomasi joriy etadi

Bu Oʻzbekiston fuqarolari uchun ham amal qiladi. Ruxsatnoma 2027 yil iyuldan majburiy boʻladi. 

Qozogʻiston xorijliklar uchun elektron kirish ruxsatnomasi joriy etadi

Qozogʻiston hukumati vizasiz rejimdagi xorijliklar, jumladan Oʻzbekiston fuqarolari uchun elektron kirish ruxsatnomasi — ETA olish qoidalarini tasdiqladi.

Ruxsatnoma bepul rasmiylashtiriladi va 2027 yil 1 iyuldan majburiy boʻladi.

Ariza QazETA platformasi orqali rejalashtirilgan safardan kamida 72 soat oldin topshirilishi kerak. Ruxsatnoma 180 kun amal qiladi va shu davrda bir necha marta kirib-chiqish imkonini beradi.

Tizim bosqichma-bosqich joriy etiladi:

- 2026 yil 1 noyabr — Aqtau aeroporti va toʻrtta avtomobil oʻtkazish punktida;

- 2027 yil 1 yanvar — Ostona va Olmaota aeroportlarida;

2027 yil 1 mart — qolgan barcha oʻtkazish punktlarida.

2027 yil 1 iyulgacha ETA yoʻqligi mamlakatga kirishni rad etish uchun asos boʻlmaydi.

Istisno holatlar 16 yoshga toʻlmagan bolalar, 65 yoshdan oshgan shaxslar, Qozogʻiston vizasi yoki yashash ruxsatnomasiga ega shaxslar hamda aeroport tranzit hududidan chiqmaydigan yoʻlovchilar uchun amal qiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid