Qibrayda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari ushlandi
U fuqaro xonadonini hududdan oqib oʻtuvchi kanalga yaqin qurilgan deb sudga chora koʻrishlik uchun yuborishini aytib 16 000 AQSh dollar talab qilgan.

Qibray tumanida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari U.Yu. fuqaro J.B.ning “Gʻoliblar” MFY hududidagi xonadoni tegishli tashkilotlarning ruxsatnomasi asosida qurilgan boʻlsa-da, U.Yu. mazkur xonadonni oqib oʻtuvchi kanalga yaqin qurilgan deb sudga chora koʻrishlik uchun yuborishini, agar 16 000 AQSh dollari bersa sudda barcha kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida koʻrsatma berishi va daʼvodan voz kechishini aytib, shundan 5 000 AQSh dollarini xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.





