platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
TCM’26

Oʻzbek filmi “Yevrosiyo koʻprigi” festivalining bosh sovrinini qoʻlga kiritdi

"Paxta" hayotidagi muammolar va sinovlarni yengib, yashashdan yangi maʼno izlayotgan ayol haqida hikoya qiladi. Filmning markazida insonning ichki kechinmalari, qiyinchiliklar qarshisida oʻzini yoʻqotmaslik va hayotini qaytadan qurishga intilish turadi.

Oʻzbek filmi “Yevrosiyo koʻprigi” festivalining  bosh sovrinini qoʻlga kiritdi

Rejissyor Rashid Malikovning "Paxta" filmi X xalqaro "Yevrosiyo koʻprigi" kinofestivalida eng yaxshi badiiy film deb topildi. Moskvada 5–9 oktabr kunlari oʻtkazilgan yubiley festivalining tanlov dasturlarida 14 mamlakatdan toʻqqizta badiiy va toʻqqizta hujjatli film qatnashdi.

Rashid Malikov — kinorejissyor va kinodramaturg, "Doʻstlik" ordeni sohibi. U 1986 yilda Butunrossiya davlat kinematografiya instituti — VGIKning badiiy kino rejissyorligi boʻyicha tahsil olgan. 1993 yilda AQShda "FILM IN US" dasturi doirasida malaka oshirgan. Koʻplab kinofestivallar qatnashchisi va sovrindori.

Oʻzbek filmi “Yevrosiyo koʻprigi” festivalining  bosh sovrinini qoʻlga kiritdi

"Paxta" hayotidagi muammolar va sinovlarni yengib, yashashdan yangi maʼno izlayotgan ayol haqida hikoya qiladi. Filmning markazida insonning ichki kechinmalari, qiyinchiliklar qarshisida oʻzini yoʻqotmaslik va hayotini qaytadan qurishga intilish turadi.

Oʻzbek filmi “Yevrosiyo koʻprigi” festivalining  bosh sovrinini qoʻlga kiritdi

"Paxta" filmining jahon premerasi 2025 yil noyabr oyida A toifadagi yirik kinofestivallardan biri boʻlgan Qohira xalqaro kinofestivalida boʻlib oʻtgan. Film allaqachon koʻplab kinofestivallarda namoyish etilgan boʻlib, 2026 yil iyul oyida Sochidagi "Yevraziya Kinofest" kinofestivalida "Eng yaxshi ssenariy" mukofotini qoʻlga kiritdi.

Oʻzbek filmi “Yevrosiyo koʻprigi” festivalining  bosh sovrinini qoʻlga kiritdi

Rashid Malikov ayni paytda Kontent markazi bilan hamkorlikda 2027 yil 4–5 fevral kunlari Toshkentda ilk bor oʻtkaziladigan Tashkent Content Market xalqaro tadbiriga tayyorgarlik jarayonida ishtirok etmoqda. Bunday maydonlar kino va telekontent ijodkorlariga xorijiy hamkorlar bilan tanishish, oʻz asarlarini xalqaro bozorga olib chiqish va birgalikda yangi loyihalarni boshlash imkonini beradi.

Oʻzbek filmi “Yevrosiyo koʻprigi” festivalining  bosh sovrinini qoʻlga kiritdi

"Paxta"ning xalqaro festivaldagi yutugʻi oʻzbek ijodkorlari hikoyalari turli mamlakat tomoshabinlari va mutaxassislarida qiziqish uygʻotayotganini koʻrsatadi. Tashkent Content Market esa ana shu qiziqishni amaliy hamkorlikka aylantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid