platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Novosibirskda ogʻir ahvolga tushgan oila Oʻzbekistonga qaytarildi

Ota-ona Rossiya migratsiya qonunchiligi talablarini buzgani sababli ularning 6 yoshli oʻgʻli va 12 yoshli qizi Novosibirskdagi ikkita reabilitatsiya markaziga joylashtirilgan.

Novosibirskda ogʻir ahvolga tushgan oila Oʻzbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Novosibirsk shahrida reabilitatsiya markazlariga vaqtincha vasiylikka olingan ikki nafar oʻzbekistonlik bola ota-onasiga topshirildi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ota-ona Rossiya migratsiya qonunchiligi talablarini buzgani sababli ularning 6 yoshli oʻgʻli va 12 yoshli qizi Novosibirsk shahridagi ikkita reabilitatsiya markaziga joylashtirilgan.

Oʻzbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari bolalarni oilasiga qaytarish uchun zarur hujjatlarni, jumladan, vatanga qaytish guvohnomalarini qisqa muddatda rasmiylashtirgan. Shuningdek, Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazi va reabilitatsiya markazlari rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazilgan.

Koʻrilgan choralar natijasida bolalar diplomatlar hamrohligida Novosibirsk xalqaro aeroportiga olib kelinib, ota-onasiga topshirilgan.

Oila 13 oktabr kuni "Novosibirsk — Fargʻona" yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekistonga qaytarilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid