platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Kitobxon askarlarning xizmat muddati bir oygacha qisqartirilishi mumkin

Bu Respublika kitobxonlik tanlovida yuqori natijalarga erishgan muddatli harbiy xizmatchilarga tatbiq etilishi kutilmoqda. 

Kitobxon askarlarning xizmat muddati bir oygacha qisqartirilishi mumkin

Kitobxon askarlarning xizmat muddati bir oygacha qisqartirilishi mumkin.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga harbiy xizmatni oʻtash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda muhokama qilindi.

Qonun loyihasi Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni oʻtashning nufuzi va jozibadorligini oshirish, malakali harbiy kadrlarni tayyorlash hamda ularning salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan.

Qonun loyihasi bilan oliy harbiy, shuningdek, xorijiy oliy harbiy taʼlim muassasalarining uchuvchi mutaxassisligi boʻyicha bitiruvchilari bilan yangi kontrakt tuzishning huquqiy asoslarini belgilash taklif etilmoqda.

Respublika kitobxonlik tanlovida yuqori natijalarga erishgan muddatli harbiy xizmatchilarning xizmat muddatini bir oyga qisqartirish nazarda tutilmoqda.

Qayd etilganidek, ushbu ragʻbatlantirish chorasi harbiy xizmatchilar oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini keng targʻib qilish, ularning maʼnaviy-intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

Qonun loyihasini tayyorlashda xorijiy davlatlar tajribasi oʻrganilgan, shuningdek, u Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar bilan kelishilgan hamda Adliya vazirligining ijobiy xulosasini olgan.

Muhokamalar yakunida qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid