Ikki hududda noqonuniy tamaki savdosining yirik aylanmasiga chek qoʻyildi
Urganchda fuqaro 1 000 quti “ESSE CHANGE” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini fuqaro I.M.ga 45 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdolari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahri boʻlimi xodimlari tomonidan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro B.I. (muqaddam sudlangan) 1 000 quti “ESSE CHANGE” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini fuqaro I.M.ga 45 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Sardoba tuman boʻlimi xodimlari tomonidan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro Q.B. fuqaro T.Oʻ.ga 256 dona elektron va 260 quti “ESSE CHANGE” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini 4 900 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.





