platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Gulistonda uyini narkolaboratoriyaga aylantirganlar ushlandi

2003 va 2005 yillarda tugʻilgan 3 nafar mahalliy fuqaro koʻp qavatli uylardan biridagi xonadonda kuchli taʼsir qiluvchi moddalarga qayta ishlov berib, sotish bilan shugʻullanishgan.

Gulistonda uyini narkolaboratoriyaga aylantirganlar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazildi.

Natijada Guliston shahrida tashkil etilgan narkolaboratoriya fosh qilindi.

Xususan, 2003 va 2005 yillarda tugʻilgan 3 nafar mahalliy fuqaro koʻp qavatli uylardan biridagi xonadonda kuchli taʼsir qiluvchi moddalarga qayta ishlov berib, sotish bilan shugʻullanishgan.

Xolislar ishtirokida ushbu manzildan 5 kg 863 gr “Pregabalin” kuchli taʼsir qiluvchi moddasi, 100 ming dona boʻsh kapsulalar, 2 dona elektron torozi, tibbiy qoʻlqoplar va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2761-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid