Fargʻonada mashinani hujjatsiz boshqargan yosh yigit YTH qurboni boʻldi
Oʻspirin avval ham avtomobilni hujjatsiz boshqargani uchun ogohlantirilgan va unga chora koʻrilgan. Ammo yigit bundan xulosa chiqarmagan.

Fargʻona viloyatida haydovchilik guvohnomasi boʻlmagan yosh yigit yengil avtomobilni yuqori tezlikda boshqarib, avtohalokatga uchradi.
YHXX hodisa haqida maʼlum qilib, yoʻl harakati qoidalarining qoʻpol buzilishi oʻlim bilan yakunlanganini qayd etdi.
Maʼlum boʻlishicha, Qoʻqon shahrida yashovchi fuqaro avval ham avtomobilni hujjatsiz boshqargani uchun ogohlantirilgan va unga chora koʻrilgan.
Bundan xulosa chiqarmagan oʻspirin Furqat tumanida katta tezlikda harakatlanayotganda YTHga uchradi. Uning sherigi tan jarohatlari olgan.
Haydovchi esa hodisa oqibatida halok boʻldi.



