platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Endi pedofillar umrbodga qamaladi — Prezident qonunni imzoladi

Bundan buyon 14 yoshga toʻlmagan bolaga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. 

Endi pedofillar umrbodga qamaladi — Prezident qonunni imzoladi

Prezident 5 ta kodeks va 6 ta qonunga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Bundan buyon 14 yoshga toʻlmagan bolaga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday ogʻir jinoyatlar boʻyicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov boʻlmaydi.

“Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bogʻliq boʻlishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sogʻligʻi, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qatʼiy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart”, – deb yozdi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid