platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Dehqonobodda bir kishi selda oqib halok boʻldi

Maʼlumotlarga koʻra, yoʻldan adashgan Damas avtomobil haydovchisi va uning hamrohi yoʻnalishni aniqlash maqsadida sel oqimi oʻtadigan hududda toʻxtagan. 

Dehqonobodda bir kishi selda oqib halok boʻldi

Dehqonobodda sel sabab bir kishi halok boʻldi.

2026 yil 13 oktabr kuni soat 17:30 larda Dehqonobod tumanining togʻli hududlarida kuzatilgan qisqa muddatli kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida «Qoʻngʻirot» MFY Shakarbuloq qishlogʻi hududidan sel-suvlari oqimi oʻtgan.

Maʼlumotlarga koʻra, yoʻldan adashgan Damas avtomobil haydovchisi va uning hamrohi yoʻnalishni aniqlash maqsadida sel oqimi oʻtadigan hududda toʻxtagan. Avtomobil sirpanib, sel yoʻlining chuqurroq qismiga tushgan.

Shundan soʻng haydovchi transport vositasidan tushib, telefon orqali bogʻlanishga uringan va hamrohini sel kelayotgani haqida ogohlantirgan.

Biroq sel oqimi natijasida Damas avtomobil va uning ichidagi yoʻlovchini oqim olib ketgan. Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida yoʻlovchi fuqaroning jasadi topilgan.

Hodisa joyiga tuman hokimligi, FVB va IIB masʼullari jalb etilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid