platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

10 yoshli bola oʻlimiga sabab boʻlgan ichki ishlar xodimi 5 yilga "kesildi"

Xodim sudda aybiga iqror boʻlgan va avtomobilning tormozi ishlamay qolgani sababli uni toʻxtata olmaganini aytgan. Biroq ekspertiza buni tasdiqlamadi. 

10 yoshli bola oʻlimiga sabab boʻlgan ichki ishlar xodimi 5 yilga "kesildi"

10 yoshli bola oʻlimiga sabab boʻlgan ichki ishlar xodimi 5 yilga qamaldi.

Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida xizmat avtomobilida yoʻl-transport hodisasi sodir etib, 10 yoshli bolaning oʻlimiga sabab boʻlgan ichki ishlar xodimi 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Hodisa 2026 yil 5 aprel kuni soat 11:20 atrofida Termiz shahrida sodir boʻlgan.

Aniqlanishicha, Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimi Q.A. oʻziga biriktirilgan Nexia-2 xizmat avtomobilida ikkinchi darajali koʻchadan kelib, “Stop” belgisi oldida toʻxtamasdan asosiy yoʻlga chiqqan. Shunda u asosiy yoʻl boʻylab harakatlanayotgan Cobalt’ning chap tomoniga borib urilgan.

Zarba oqibatida Cobalt boshqaruvdan chiqib, piyodalar yoʻlagi tomon ogʻgan va shu yerda ketayotgan, 2015 yilda tugʻilgan bolani urib yuborgan. Bola olgan ogʻir tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Sudlanuvchi aybiga iqror boʻlgan, biroq avtomobilning tormozi ishlamay qolgani sababli uni toʻxtata olmaganini aytgan.

Biroq Respublika sud ekspertizasi markazining Surxondaryo viloyati boʻlimi oʻtkazgan ekspertiza uning tormoz haqidagi vajini tasdiqlamagan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Termiz shahar sudining hukmi bilan Q.A. Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga 3 yilga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid