platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida yangi lavozim va kotibiyat tashkil etildi

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziriga Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda ular tizimidagi tegishli agentlik, qoʻmita va inspeksiyalar biriktirildi.

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida yangi lavozim va kotibiyat tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida yangi lavozim va kotibiyat tashkil etildi.

Bu haqda prezidentning 2026 yil 9 oktabrdagi PF–217-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonida belgilandi.

Vazirlar Mahkamasida 12 ta shtat birligidan iborat Taʼlim, ilm-fan va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati ham tashkil etiladi.

Kotibiyatning beshta shtat birligi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻlimi hisobidan shakllantiriladi. Qolgan yettita shtat qayta tashkil etilgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi shtatlarini maqbullashtirish hisobidan ajratiladi.

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziriga Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda ular tizimidagi tegishli agentlik, qoʻmita va inspeksiyalar biriktirildi.

Roʻyxatda Fanlar akademiyasi, shuningdek, muayyan vazifalar doirasida Ichki ishlar vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi ham bor.

Xususan, Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarida, oʻquvchi va talabalar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishi, tazyiq va zoʻravonlik jinoyatlarining oldini olish masalalari boʻyicha biriktirilgan.

Yoshlar ishlari agentligi esa oʻquvchi va talabalarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish, ularni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻnalishida ishtirok etadi.

Birinchi oʻrinbosar oʻz vakolati doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taʼlim, ilm-fan va sogʻliqni saqlashga oid vazifalari bajarilishiga umumiy rahbarlik qiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid