platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Ustyurtda yana bir yangi quduqdan katta bosimda gaz olindi

Ayni paytda yangi gazni isteʼmolchilarga yetkazib berish uchun yer usti sanoat maydonchalarini texnologik jihozlash, gaz uzatish quvurlari va tarmoqlarini qurish ishlari olib borilmoqda. 

Ustyurtda yana bir yangi quduqdan katta bosimda gaz olindi

Ustyurtda yana bir yangi quduqdan katta bosimda gaz olindi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanidagi “Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli “Gʻarbiy Quyi Surgil” konida joylashgan 19-sonli baholash-ishlatish qudugʻida "Oʻzneftgaz burgʻilash ishlari" MChJ tomonidan olib borilgan burgʻilash ishlari murakkab geologik sharoitlarga qaramay, muvaffaqiyatli yakunlandi.

"Oʻzbekgeofizika" MChJ tomonidan oʻtkazilgan sinovlar natijasida 4 588–4 708 metr chuqurlik oraligʻidagi istiqbolli qatlamlardan yuqori bosim ostida sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi olindi. Quduqning kunlik dibeti 400–500 ming kub metrni tashkil etdi.

Ayni paytda yangi gazni isteʼmolchilarga yetkazib berish uchun yer usti sanoat maydonchalarini texnologik jihozlash, gaz uzatish quvurlari va tarmoqlarini qurish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, quduqni ishga tushirishdan oldingi yakuniy gidrodinamik tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oktabr oyi boshida ham Qoraqalpogʻistonda gazkondensatli kon ochilgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid