Telegram orqali Erkinjon Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Soxta xabarlarda vazirlik olimlar faoliyati boʻyicha ichki tekshiruv oʻtkazayotgani va fuqarolar bilan DXX mayori bogʻlanishi aytilgan. Taʼlim va ilm-fan vazirligi bu xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini bildirdi.

Telegram orqali Taʼlim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov nomidan "tekshiruv" boʻyicha soxta xabarlar tarqatilmoqda.
Taʼlim va ilm-fan vazirligi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari – vazir Erkinjon Turdimov nomidan Telegram orqali yuborilayotgan xabarlar soxta ekanini maʼlum qildi.
Soxta xabarlarda vazirlik olimlar faoliyati boʻyicha ichki tekshiruv oʻtkazayotgani va fuqarolar bilan DXX mayori bogʻlanishi aytilgan. Vazirlik bu xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini bildirdi.

Fuqarolardan ehtiyotkor boʻlish va quyidagilarga amal qilish soʻralmoqda:
-nomaʼlum akkauntlarga shaxsiy maʼlumotlarni yubormaslik;
-pasport maʼlumotlari, SMS-kodlar va boshqa maxfiy maʼlumotlarni bermaslik;
-shubhali xabarlarni boshqalarga tarqatmaslik;
-vazir yoki vazirlik nomidan kelgan xabarlarni rasmiy axborot kanallari orqali tekshirish.



