platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

Mamlakatimiz yetakchisi Boku shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etadi. Sammit doirasida Prezident xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15 oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Mamlakatimiz yetakchisi Boku shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etadi.

Ozarbayjon raisligida oʻtkaziladigan forum kun tartibidan Osiyo qitʼasida ishonch, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash hamda Kengashning institutsional rivojlanishini yanada takomillashtirishga oid dolzarb masalalar oʻrin olgan.

Transport bogʻliqligini rivojlantirish, raqamlashtirish, barqaror iqtisodiy oʻsish va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqiladi.

Ishtirokchilar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.

Tadbir yakunlari boʻyicha Boku deklaratsiyasi hamda Tashkilotning roli va samaradorligini oshirishga qaratilgan qarorlar toʻplamini qabul qilish rejalashtirilgan.

Sammit doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

Taʼkidlash joiz, OHIChK Osiyoda hamkorlikni mustahkamlash, tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan xalqaro forum hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Kengash qitʼa hududi va aholisining qariyb 90 foizini tashkil etuvchi 28 ta davlatni birlashtirgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid