Saudiya Arabistoni husiylarga "keskin javob" vaʼda qildi
Qirollik energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Al Saud mamlakat husiylarga "jiddiy javob" berishini taʼkidlagan. Avvalroq jangari guruhning Ar-Riyod aeroportiga hujumi qonli yakunlangandi.

Saudiya Arabistoni tomoni Yaman isyonchi harakati "Ansor Alloh" (husiylar) tomonidan mamlakatga qilingan soʻnggi hujumlar fonida jiddiy bayonot berdi.
Qirollik energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Al Saud mamlakat husiylarga "jiddiy javob" berishini taʼkidlagan.
"Vaziyat qiyinlashganda tizimimiz bosim ostida qanday ishlaydi ? Bu muhim chidamlilik sinovlari va Saudiya Arabistoni ularga duch kelishga tayyor. Soʻnggi haftalardagi voqealar jiddiy va bizning javobimiz ham xuddi shunday keskin boʻlishi kerak", dedi u Ar-Riyodda boʻlib oʻtgan Jahon energetika kongressi doirasidagi nutqida.
Vazirning soʻzlariga koʻra, Saudiya Arabistoni oʻzining 2030 yilga moʻljallangan "Vision 2030" strategiyasni - mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish dasturini amalga oshirishda davom etadi, bu uning neftga qaramligini kamaytirishga qaratilgan.
Mamlakat shuningdek, oʻzining energetika tizimi va sanoatini rivojlantirishda davom etadi. Vazirning taʼkidlashicha, Saudiya Arabistoni xalqaro sheriklar bilan hamkorlikka "qatʼiy sodiq" boʻlib qolmoqda.
Eslatib oʻtish kerak, mazkur voqealar fonida Ar-riyod aeroporti yopiqligicha qolmoqda. Husiylarning hujumi natijasida aeroportda 12 kishi oʻlgan, yuzlab kishilar jarohatlangandi. Bu soʻnggi paytlarda Saudiyaga qilingan eng qonli hujum boʻldi.





