platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Piskent tumani hokimiga hayfsan berildi

Avvalroq hokim Muzaffar Aripov fermerlarga yerini tortib olishini aytib, bosim qilgandi. Hokim fermerlarga “yeri narida tursin, jonini sugʻurib olishini” aytgan.

Piskent tumani hokimiga hayfsan berildi

Piskent tumani hokimiga intizomiy jazo qoʻllanildi. Bu haqda 13 oktabr kuni Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning farmoyishi eʼlon qilindi.

Aytilishicha, Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablariga rioya qilmagan. Hokim davlat xizmatchisining kasb etikasini buzgani qayd etilgan.

Shu sabablarga asosan Muzaffar Aripovga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.

Hujjatga asos sifatida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining taqdimnomasi, viloyat hokimligi Odob-axloq komissiyasi bayoni, Muzaffar Aripovning tushuntirish xati keltirilgan.

Avvalroq Piskent tumani hokimi tarqalgan audioda fermerlarga yerini tortib olishini aytib, bosim qilgandi. Hokim fermerlarga “yeri narida tursin, jonini sugʻurib olishini” aytgan.

Shundan soʻng Fermerlar kengashi Muzaffar Aripovning harakatiga huquqiy baho berishni soʻrab prokuraturaga murojaat kiritgani maʼlum boʻlgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid