platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonliklarning AQShda mavsumiy ishlashi uchun dastur yoʻlga qoʻyiladi

Migratsiya agentligi rahbari Muhsinxoʻja Abdurahmonov AQShning Head Honchos kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv oʻtkazdi.  Muzokarada hamyurtlarimizni AQSh qishloq xoʻjaligi sohasida mavsumiy ishlarga tayyorlash va ishga joylashtirish boʻyicha amaliy qadamlar kelishib olindi.

Oʻzbekistonliklarning AQShda mavsumiy ishlashi uchun dastur yoʻlga qoʻyiladi

Oʻzbekistonliklarning AQShda mavsumiy ishlashi uchun maxsus tayyorgarlik dasturi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Migratsiya agentligi rahbari Muhsinxoʻja Abdurahmonov AQShning Head Honchos kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv oʻtkazdi. Muzokarada hamyurtlarimizni AQSh qishloq xoʻjaligi sohasida mavsumiy ishlarga tayyorlash va ishga joylashtirish boʻyicha amaliy qadamlar kelishib olindi.

Nomzodlar uchun taxminan 12 haftalik maxsus oʻquv dasturi ishlab chiqiladi. Unda ingliz tili, qishloq xoʻjaligi texnikasini boshqarish, uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash, payvandlash hamda mehnat xavfsizligi boʻyicha amaliy koʻnikmalar oʻrgatiladi.

Ish beruvchilar oʻquv dasturini ishlab chiqish, nomzodlarni sinovdan oʻtkazish va yakuniy sertifikatlash jarayonida ishtirok etadi. Maqsad — birinchi guruhni AQShdagi bahorgi qishloq xoʻjaligi mavsumiga tayyorlash.

Amerikalik hamkorlar maʼlumotiga koʻra, AQSh fermerlarining oʻzbekistonlik ishchilarni mavsumiy ishlarga jalb qilishga qiziqishi ortib bormoqda.

Ish beruvchilarning aniq buyurtmalari olinib, tanlov mezonlari tasdiqlangach, nomzodlarni saralash va tayyorlash boshlanadi. Qabul shartlari va ariza topshirish tartibi Agentlikning rasmiy kanallarida eʼlon qilinadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid