platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonda 3,4 mln tonna paxta terib olindi

Bu joriy yil uchun belgilangan 4,5 mln tonnali shartnomaviy koʻrsatkichning 76 foizini tashkil etadi. Yigʻib olingan hosilning 2,6 mln tonnasi paxta terish mashinalarida terilgan. 

Oʻzbekistonda 3,4 mln tonna paxta terib olindi

Oʻzbekistonda ushbu mavsum boshidan beri 3,4 mln tonna paxta terib olindi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi xabar berdi.

12 oktabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 3,4 mln tonna paxta xomashyosi yigʻib olindi. Bu joriy yil uchun belgilangan 4,5 mln tonnali shartnomaviy koʻrsatkichning 76 foizini tashkil etadi.

Yigʻib olingan hosilning 2,6 mln tonnasi paxta terish mashinalari, 848 ming tonnasi esa qoʻl mehnati yordamida terilgan. Yaʼni umumiy terimning qariyb 75 foizi mexanizatsiyalashgan.

Qoʻlda terilgan paxtaning 174 ming tonnasi dalalarni texnika uchun tayyorlash jarayonida, 674 ming tonnasi esa mashinalar kira olmaydigan kichik maydonlarda yigʻib olingan.

Bu yilgi terimga 3 mingga yaqin paxta terish mashinasi jalb qilingan. Ularning mingdan ortigʻi joriy yilda fermerlar va agroklasterlarga lizing asosida yetkazib berilgan.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 12 oktabrning oʻzida mashinalar yordamida 147 ming tonna paxta terilgan. Bu har bir mashinaga oʻrtacha 50 tonnadan toʻgʻri keladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid