platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Madaniyat

Ozarbayjon sadolari Buxoroda yangradi

Buxoroda “Ozarbayjon madaniyati: adabiyot va sanʼat haftaligi” oʻtmoqda. Haftalik doirasida Ozarbayjon va Oʻzbekiston sanʼatkorlari ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.

Ozarbayjon sadolari Buxoroda yangradi

Buxoroda “Ozarbayjon madaniyati: adabiyot va sanʼat haftaligi” doirasida “Buxoroda Ozarbayjon sadolari” nomli konsert dasturi tashkil etildi.

Buxoro Yoshlar markazida boʻlib oʻtgan tadbirda Ozarbayjon va Oʻzbekiston sanʼatkorlari birgalikda ishtirok etdilar.

Tadbirda soʻzga chiqqan Ozarbayjon Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, doktor Rashad Mammadov Buxoroda koʻrsatilgan samimiy mehmondoʻstlik hamda tadbirlarni tashkil etishda koʻrsatilgan qoʻllab-quvvatlash uchun Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovga va Buxoro shahar hokimligiga oʻz minnatdorligini bildirdi.

Elchi ikki xalqni birlashtirib turuvchi mushtarak tarixiy va madaniy qadriyatlar oʻzaro munosabatlarni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Shuningdek, mazkur konsert dasturi Ozarbayjon musiqa sanʼatining boy merosi va milliy ijrochilik anʼanalarini Buxoro jamoatchiligiga keng tanishtirish nuqtai nazaridan alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. Uning taʼkidlashicha, bunday madaniy loyihalar ikki mamlakat sanʼat vakillari oʻrtasidagi ijodiy aloqalarni kengaytirish, madaniy hamkorlikni rivojlantirish hamda tomoshabinlarni Ozarbayjonning boy musiqiy merosi bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi.

Shundan soʻng soʻzga chiqqan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasidagi azaliy doʻstlik va qardoshlik munosabatlari, shuningdek, ikki tomonlama aloqalarning turli sohalarda izchil rivojlanib borayotgani haqida fikr bildirdi. U xalqlarimizning mushtarak tarixiy ildizlari, boy madaniy merosi va umumiy maʼnaviy qadriyatlari mazkur munosabatlarning mustahkam poydevorini tashkil etishini alohida taʼkidladi.

Botir Zaripov “Ozarbayjon madaniyati: adabiyot va sanʼat haftaligi” doirasida Buxoroda bunday konsert dasturining tashkil etilishini yuksak baholab, ushbu madaniy tadbir ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada kengaytirish, xalqlarimizning bir-biri sanʼati va madaniy merosini chuqurroq anglashiga xizmat qilishini qayd etdi.

Ozarbayjon va Oʻzbekiston sanʼatkorlari ijrosida yangragan musiqiy asarlar konsert dasturiga oʻzgacha fayz va joziba bagʻishlab, tomoshabinlarga koʻtarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid