platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Madaniyat

MrBeast qochib ketdimi? Rasmiy bayonot berildi

Aytilishicha, Jimmi Donaldson (MrBeast)ning Oʻzbekistonga tashrifi avvaldan ikki shahar – Toshkent va Samarqandni oʻz ichiga olishi rejalashtirilgan.

MrBeast qochib ketdimi? Rasmiy bayonot berildi

Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi bloger MrBeast tashrifi boʻyicha rasmiy bayonot berdi.

Aytilishicha, Jimmy Donaldson (MrBeast)ning Oʻzbekistonga tashrifi avval-boshdanoq ikki shahar – Toshkent va Samarqandni oʻz ichiga olishi rejalashtirilgan edi. Dastur MrBeast jamoasi bilan oldindan kelishilgan va tasdiqlangan jadvalga muvofiq amalga oshirildi.

Dasturning hech bir bandi bekor qilinmagan va u joʻnab ketadigan sana oldindan belgilab qoʻyilgan.

Tasvirga olish guruhining qolgan aʼzolari rejalashtirilganidek, Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida suratga olish ishlarini davom ettirmoqda.

Tashrif haqidagi aniq maʼlumotlar Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining rasmiy kanallarida eʼlon qilib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid