platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Giyohvandlik savdosiga voyaga yetmagan qizlarni jalb qilgan shaxslar qoʻlga olindi

IIV Tezkor qidiruv departamenti xodimlari tomonidan Chirchiq shahri va Qibray tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda jami 4,7 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilingan.

Giyohvandlik savdosiga voyaga yetmagan qizlarni jalb qilgan shaxslar qoʻlga olindi

Toshkent viloyatida giyohvandlik savdosiga voyaga yetmagan qizlarni jalb qilgan shaxslar ushlandi.

IIV Tezkor qidiruv departamenti xodimlari tomonidan Chirchiq shahri va Qibray tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda jami 4,7 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilindi.

Jumladan, 2006 yilda tugʻilgan qiz 2008 yilda tugʻilgan sherigi bilan 41 dona skotch boʻlagidagi sintetik giyohvand moddalarni tarqatayotganda qoʻlga olindi. Voyaga yetmagan qiz ijara uyida 1,2 kg giyohvand moddalarini sotish maqsadida saqlab kelayotgani maʼlum boʻldi.

Tezkor tadbir davom ettirilganda Chirchiq shahrida yashovchi shaxs 2009 yilda tugʻilgan qizni oʻz jinoiy qilmishlariga jalb etgani aniqlandi va 1988 yilda tugʻilgan ayol bilan moddalarni "zaklatka" usulida tarqatayotganda ushlandi.

Ayolning yashash uyi tekshirilganda undan 2 kg 850 gramm mefedron, 200 gr alfa FVP va boshqa moddalar topildi.

Internetdagi ushbu narkodoʻkonning qolgan aʼzolarini ushlash maqsadida oʻtkazilgan tadbirda 4 nafar yigitlar ham qoʻlga olindi. Ularning orasida talabalar ham borligi maʼlum qilingan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan boshqa jinoiy guruhlarni aniqlash va ularning faoliyatiga chek qoʻyish maqsadida tadbirlar davom ettirilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid