platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Fargʻona yoʻli koʻchasidagi avtobus yoʻlaklarida kameralar oʻrnatildi

Jamoat transporti harakatiga ustuvorlik berish maqsadida poytaxtning boshqa koʻchalaridagi ajratilgan yoʻlaklarda ham nazorat kameralari bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda.

Fargʻona yoʻli koʻchasidagi avtobus yoʻlaklarida kameralar oʻrnatildi

Fargʻona yoʻli koʻchasida avtobuslar uchun ajratilgan «A» yoʻlaklarida harakatni nazorat qiluvchi kameralar oʻrnatildi. Bu haqda Toshkent shahrida Yoʻl harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.

Fargʻona yoʻli koʻchasidagi avtobus yoʻlaklarida kameralar oʻrnatildi

Fargʻona yoʻli koʻchasining 6 kilometrli qismida, har ikki yoʻnalishda «A» ajratilgan yoʻlaklar boʻylab harakatlanishni nazorat qiluvchi kameralar oʻrnatildi.

Shuningdek, jamoat transporti harakatiga ustuvorlik berish maqsadida poytaxtning boshqa koʻchalaridagi ajratilgan yoʻlaklarda ham nazorat kameralari bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda.

Nima uchun avtobuslar uchun ajratilgan yoʻlakni band qilmaslik muhim?

Bitta avtobusda bir vaqtning oʻzida 50 nafardan ortiq yoʻlovchi boʻlishi mumkin. Avtomobil ajratilgan yoʻlakka chiqib, avtobus harakatiga toʻsqinlik qilsa, bu shunchaki bitta transport vositasining emas, balki ishga, oʻqishga, uyiga yoki boshqa muhim yumushlari bilan shoshilayotgan oʻnlab insonlarning kechikishiga sabab boʻladi.

Yaʼni bitta avtomobil sababli 50 nafardan ortiq inson vaqt yoʻqotishi mumkin. Agar bir nechta avtobusning harakati kechiksa, bundan aziyat chekadigan yoʻlovchilar soni yanada ortadi.

Aynan shu sababli ajratilgan yoʻlaklar jamoat transportining ortiqcha kechikishlarsiz harakatlanishi, qatnov jadvaliga rioya qilishi va yoʻlovchilarning manziliga oʻz vaqtida yetib borishini taʼminlash uchun moʻljallangan.

Eslatib oʻtamiz: soat 06:00 dan 23:00 gacha «A» ajratilgan yoʻlaklarda harakatlanish huquqiga ega boʻlmagan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid