platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Doniyor Yusupov Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari boʻldi

Yusupov tayinlovga qadar Yunusobod tumani hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Doniyor Yusupov Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari boʻldi

Doniyor Yusupov Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari — Shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Doniyor Yusupov oliy maʼlumotli, Toshkent avtomobil yoʻllari institutining bakalavriat va magistratura bosqichlarini avtomobil yoʻllari va inshootlari qurilishi hamda avtomobil yoʻllari va aerodromlar mutaxassisliklari boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Toshkent shahar yoʻl qurilish va taʼmirlash tresti, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi, Toshkent shahar mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati hamda Yunusobod tumani hokimligida masʼul lavozimlarda ishlagan.

Yusupov tayinlovga qadar Yunusobod tumani hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid