platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

200 davlat ichida 1-oʻrin: Prezident chempion robototexnikachilar va ularning murabbiylarini taqdirladi

Koreya Respublikasining Inchxon shahrida oʻtkazilgan “FIRST Global Challenge” xalqaro robototexnika musobaqasida gʻolib chiqqanlar Oʻzbekistonda kutib olindi. 

200 davlat ichida 1-oʻrin: Prezident chempion robototexnikachilar va ularning murabbiylarini taqdirladi

Prezidentning Robototexnika boʻyicha xalqaro musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi.

Unga koʻra, Koreya Respublikasining Inchxon shahrida oʻtkazilgan “FIRST Global Challenge” xalqaro robototexnika musobaqasida dunyoning 190 ga yaqin mamlakatidan kelgan iqtidorli yoshlar oʻrtasida rekord natijaga erishib, tom maʼnoda tarixiy gʻalabani qoʻlga kiritgani va jahon chempioni degan ulkan sharafli nomga sazovor boʻlgan quyidagilar mukofotlandi:

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Boʻtaxonov Ziyodulla Zoyirjon oʻgʻli - Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiysi

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Salomov Ibroxim Uktamovich - Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi sardori

Abdujabborov Abdullox Abdugʻofur oʻgʻli - Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi texnik murabbiysi

Akbarov Shoxruxbek Aʼzamjon oʻgʻli - Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi

Kosimov Akbarshox Anvar oʻgʻli - Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi

Miraxmedov Ayubxon Anvar oʻgʻli - Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi

Pardayev Umarbek Sherzod oʻgʻli - Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi

Sodiqov Shukrullo Sherali oʻgʻli - Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi

Teshabayev Maxkambek - Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi

Teshabayeva Safina - Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi menejeri

Tojiqoʻziyev Jasurbek Rustamjon oʻgʻli - Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi

Urmanov Baxodir Doniyorovich - Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi

Urmanov Xondamir Doniyorovich - Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi

Yusupxoʻjayev Hasanxon Alisher oʻgʻli - Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi menejeri.

Musobaqa gʻoliblari Toshkentda munosib kutib olindi. Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, mutlaq chempionlikka erishdi. Yosh muhandislarimiz 16 ta oʻyinning barchasida gʻalaba qozonib, 637 ball bilan musobaqa rekordini qayd etdi.

200 davlat ichida 1-oʻrin: Prezident chempion robototexnikachilar va ularning murabbiylarini taqdirladi

FIRST Global Challenge — har yili dunyoning eng iqtidorli yuqori sinf oʻquvchilarini birlashtiruvchi noyob muhandislik olimpiadasidir. Bu yilgi global bellashuv sayyoramizning eng dolzarb muammolaridan biri — oʻrmon yongʻinlarining oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish va tabiatni qayta tiklashga bagʻishlandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid