platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Yangi Toshkentda yirik sarmoyadorlar bilan ishlashda yangi tizim joriy etiladi

Qiymati 50 million dollardan yuqori har bir loyihaga masʼul biriktiriladi. U investorga obʼekt ishga tushguniga qadar hamrohlik qilib, yuzaga keladigan masalalarni hal etishga koʻmaklashadi. 

Yangi Toshkentda yirik sarmoyadorlar bilan ishlashda yangi tizim joriy etiladi

Yangi Toshkent haqiqiy “yashil shahar” boʻlishi shartligi yana bir bor taʼkidlandi. Bu yerda quriladigan obʼektlarga “yashil bino” standartlari qoʻllanmoqda. Shu bilan birga, sertifikat olish tadbirkorlar uchun qoʻshimcha xarajat ekani inobatga olindi.

Qiymati 50 million dollardan yuqori boʻlgan noturar joy loyihalari uchun “yashil” sertifikat xarajatlari davlat tomonidan toʻliq qoplanadi. Investor sotib olgan har bir yer maydonining 30 foizini yashil hududga aylantirish talabi ham Yangi Toshkentdagi loyihalarga qoʻllanmaydi. Shaharning 30 foizini koʻkalamzorlashtirish bosh reja asosida davlat tomonidan taʼminlanadi.

Yirik sarmoyadorlar bilan ishlashda ham yangi yondashuv joriy etiladi. Qiymati 50 million dollardan yuqori har bir loyihaga masʼul biriktiriladi. U investorga obʼekt ishga tushguniga qadar hamrohlik qilib, yuzaga keladigan masalalarni hal etishga koʻmaklashadi.

“50 million dollardan yuqori har bir loyihaga – bitta investitsiya bitimi” tamoyili amal qiladi. Bitimda investorning majburiyatlari va tavakkalchiligi hisobga olinib, unga mos imtiyozlar paketi belgilanadi.

Yangi imkoniyatlarni faqat poytaxt tadbirkorlari bilan cheklamaslik uchun Yangi Toshkentdan poytaxtning har bir tumaniga 100 gektardan hudud biriktirildi. Endi tuman hokimlari oʻz tadbirkorlari bilan ishlab, yangi loyihalarni shu maydonlarga olib kelishi kerak.

Xuddi shunday mamlakatimizning qolgan 13 ta hududiga ham 100 gektardan maydon ajratiladi. U yerlarda amalga oshirilgan investitsiyalar tegishli viloyat yoki poytaxt tumanining koʻrsatkichlarida hisobga olinadi.

Biriktirilgan hududlardagi yerlar boʻyicha birinchi auksionda faqat oʻsha viloyat yoki tuman tadbirkorlari qatnashadi.

Prezidentimiz Yangi Toshkent butun mamlakat ishbilarmonlari uchun yangi imkoniyat maydoniga aylanishi lozimligini taʼkidladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid