Uzbekistan Airways`ning ichki qatnov narxlari 20 foizgacha arzonlashtirildi
Raqobat qoʻmitasi tomonidan aviatsiya bozorida ichki aviaqatnovlarda yoʻlovchilar uchun mavjud tariflar, narx shakllanishi va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari oʻrganildi.

Havo yoʻllari orqali ichki qatnovlardagi yoʻlovchi tashish chipta narxlari pasaytirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Raqobat qoʻmitasi tomonidan aviatsiya bozorida ichki aviaqatnovlarda yoʻlovchilar uchun mavjud tariflar, narx shakllanishi va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari oʻrganildi.
Oʻrganishlar davomida Raqobat qoʻmitasi tomonidan aviaqatnovlarni amalga oshirish bilan bogʻliq tashish xarajatlarini optimallashtirish imkoniyatlari tahlil qilinib, mazkur xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga ichki yoʻnalishlarda aviachiptalar narxlarini pasaytirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ushbu takliflar yuqori Instansiyalar tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, Raqobat qoʻmitasi “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda ichki aviaqatnovlar boʻyicha tariflar qayta koʻrib chiqilib, joriy yilning 16 oktabridan boshlab ichki yoʻnalishlarda aviachiptalar narxlari oʻrtacha 20 foizgacha arzonlashtirildi.
Mazkur chora-tadbirlar:
- aholi uchun aviaqatnovlarni yanada qulay va hamyonbop qilish;
- ichki turizmni rivojlantirish;
- hududlar oʻrtasida harakatlanish imkoniyatlarini kengaytirish;
- xizmat safarlari va shaxsiy tashriflarni rejalashtirishda qoʻshimcha qulaylik yaratish;
- isteʼmolchilar manfaatlarini taʼminlashga xizmat qiladi.
Raqobat qoʻmitasi aholi manfaatlariga daxldor bozorlarni tahlil qilish va oʻrganish ishlarini izchil davom ettirib, aniqlangan muammolar boʻyicha amaliy choralar koʻrishga alohida eʼtibor qaratmoqda, deyiladi xabarda.





