platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentda yer olib berish evaziga 840 ming dollar soʻragan shaxs qoʻlga tushdi

Qurilish mollari savdosi boʻyicha bir necha doʻkonlarga egalik qiluvchi shaxs fuqaroga Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi 9 gektarlik yer maydonining 4 gektarini hujjatlashtirib berish evaziga pul talab qilgan. 

Toshkentda yer olib berish evaziga 840 ming dollar soʻragan shaxs qoʻlga tushdi

Toshkentda 4 gektar yerni hujjatlashtirib berish evaziga 840 ming dollar soʻragan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV eʼlon qilgan videoda aytiladi.

IIV Tezkor qidiruv departamenti xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda murojaatchidan 840 ming AQSh dollari talab qilgan shaxs qoʻlga olingan.

Aytilishicha, 1970 yilda Xorazm viloyatida tugʻilgan, qurilish mollari savdosi boʻyicha bir necha doʻkonlarga egalik qiluvchi shaxs fuqaroga Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi 9 gektarlik noturar joy maydonining 4 gektarini turar joy qurish maqsadida hujjatlashtirib berishni vaʼda qilgan.

Buning uchun Davlat kadastrlar palatasida yuqori mansabli tanishlariga katta miqdorda pora berish zarurligini aytgan.

Natijada ushbu shaxs murojaatchidan avval 100 ming, soʻngra 740 ming dollar pul talab qilib kelayotgani aniqlandi. IIV Tezkor qidiruv departamenti xodimlari tomonidan Yunusobod tumanidagi restoranlardan birida oʻtkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchi 100 ming dollar miqdorida pora olayotganda ushlandi.

Hozirda mazkur ish yuzasidan JKning 168 va 211-moddalari boʻyicha tergov jarayonlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid