platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Termizda 10-sinf oʻquvchisi YTH sodir etdi, bir kishi halok boʻldi

Dastlabki surishtiruvlarga koʻra, Termiz shahridagi 25-maktabning 10-sinf oʻquvchisi (2010 yilda tugʻilgan) haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan holda onasiga tegishli Cobalt avtomobilni yuqori tezlikda boshqarib kelgan. U tajribasizligi sababli boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl oʻrtasidagi yoritish ustuniga borib urilgan.

Termizda 10-sinf oʻquvchisi YTH sodir etdi, bir kishi halok boʻldi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida voyaga yetmagan shaxslar ishtirokida odam oʻlimi bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.

Hodisa 9 oktabr kuni soat taxminan 01:00 atrofida D166 Termiz shahri — Namuna — Termiz xalqaro aeroporti avtomobil yoʻlining 11-kilometrida, Navroʻz mahallasi hududida yuz bergan.

Dastlabki surishtiruvlarga koʻra, Termiz shahridagi 25-maktabning 10-sinf oʻquvchisi (2010 yilda tugʻilgan) haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan holda onasiga tegishli Cobalt avtomobilni yuqori tezlikda boshqarib kelgan. U tajribasizligi sababli boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl oʻrtasidagi yoritish ustuniga borib urilgan.

YTH oqibatida mashina salonida boʻlgan haydovchining 16 yoshli sinfdoshi olgan jarohatlari tufayli voqea joyida halok boʻlgan. Avtomobil haydovchisi esa ogʻir tan jarohatlari bilan kasalxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Termiz tumani IIB Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid