Doniyor Qodirov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
U avval Prezident Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻyicha departamenti rahbari lavozimida ishlagandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Doniyor Baxtiyorovich Qodirov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
U avval Prezident Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻyicha departamenti rahbari lavozimida ishlagan.
Doniyor Qodirov muqaddam IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasiga rahbarlik qilgan, 2018-2019 yillarda IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.
2021 yil yanvarida prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga oʻtgan, 2023 yil avgustida shu soha boʻyicha maslahatchiga aylangandi.
Eslatib oʻtamiz, avvalgi hokim Erkinjon Turdimov Taʼlim va ilm-fan vaziri etib tayinlangandi.





