Botir Qudratxoʻjayev mudofaa vaziri etib tayinlandi
Shuhrat Xolmuhamedov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

Botir Bahromovich Qudratxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi.
U Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshligʻi lavozimida ishlayotgandi.
Bundan ilgariroq Qudratxoʻjayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.
Shuhrat Xolmuhamedov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi. U 2024 yil 23 noyabrdan mazkur lavozimda ishlab kelayotgandi.





