platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Bosh vazirga qolgan vazirliklar va davlat tashkilotlarining ham Yangi Toshkentga koʻchishini boshlash topshirildi

Zarur hollarda ularning poytaxtdagi mavjud binolarini buzib qayta qurish huquqisiz, joriy taʼmirlab foydalanish sharti bilan sotish masalasi koʻrib chiqiladi.

Bosh vazirga qolgan vazirliklar va davlat tashkilotlarining ham Yangi Toshkentga koʻchishini boshlash topshirildi

Prezident yigʻilishida bosh vazirga qolgan vazirliklar va davlat tashkilotlarining ham Yangi Toshkentga koʻchishini boshlash topshirildi.

Zarur hollarda ularning poytaxtdagi mavjud binolarini buzib qayta qurish huquqisiz, joriy taʼmirlab foydalanish sharti bilan sotish masalasi koʻrib chiqiladi.

Yangi shaharda FIFA talablariga javob beradigan 55 ming oʻrinli stadion qurilmoqda. U kelasi yil 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatining asosiy arenalaridan biri boʻladi. Tashrif buyuruvchilar uchun mehmonxona, kafe, restoran va koʻngilochar maskanlarga ehtiyojni aniq hisoblab, tadbirkorlarga ochiq taqdim etish vazifasi qoʻyildi.

Shaharning ishbilarmonlik hayotini shakllantirishda davlat idoralarining koʻchishi ham muhim. Hozir Qurilish, Transport va Energetika vazirliklari yengil konstruksiyali binolarda ishlamoqda. Shuningdek, vazirlik va idoralarning 2,6 ming nafar xodimi uchun 9 ta bino qurilyapti.

Prezidentimiz Yangi Toshkentning master rejasi mukammal shahar qurish uchun ishlab chiqilganini, biroq u sarmoyadorlar tashabbusiga toʻsiq boʻlmasligi kerakligini taʼkidladi. Agar oʻziga xos loyiha shahar manfaatiga xizmat qilsa, lot maydoni yoki obʼekt turini oʻzgartirish haqidagi taklif qoʻllab-quvvatlanishi lozim.

Bunga huquqiy imkoniyat bor. Ammo takliflarni koʻrib chiqish tartibi murakkab va yetarlicha shaffof emas, ayrim qarorlar oylab choʻzilmoqda. Shu sababli investor takliflarini tez va aniq mezonlar asosida koʻrib chiqish talab etildi.

“Sankt-Peterburg” mavzesiga tadbirkorlar qiziqishi bejiz emas: uning konsepsiyasi, loyiha hujjatlari va qurilish ruxsati oldindan tayyor. Direksiyaga shunday tayyor loyihalar sonini koʻpaytirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Yangi Toshkentning “tashrif qogʻozi”ga aylanadigan yirik tijorat obʼektlari ham kerak. Hozirgacha sotilgan 54 ta lotdan atigi 3 tasidagi loyiha qiymati 100 million dollardan oshadi.

Shu maqsadda ochiq tashabbus va “Swiss Challenge” tamoyili asosida yer ajratish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi. Tashabbus ochiq eʼlon qilinadi. Agar boshqalar yaxshiroq shart taklif etmasa, yer birinchi tashabbuskorga ajratiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid