platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Ar-Riyod aeroportiga hujumda ikki oʻzbekistonlik jarohat oldi

Hodisa vaqtida aeroport hududida boʻlgan yana 20 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi jabrlanmagan.

Ar-Riyod aeroportiga hujumda ikki oʻzbekistonlik  jarohat oldi

10 oktabr kuni Ar-Riyod xalqaro aeroporti 3-terminaliga ballistik raketa hujumi oqibatida Oʻzbekistonning ikki fuqarosi yengil jarohat oldi.

Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot kotibi Omonulla Fayziyev maʼlum qildi.

1977 va 1997 yillarda tugʻilgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, soʻng Diriyah Hospital shifoxonasiga yetkazilgan. Tibbiy tekshiruv va zarur muolajalardan soʻng ikkala bemor ham shifoxonadan javob berilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa vaqtida aeroport hududida boʻlgan yana 20 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi jabrlanmagan.

"Oʻzbekistonning Ar-Riyoddagi elchixonasi Saudiya Arabistonining tegishli organlari bilan birgalikda vaziyat rivojini kuzatishda davom etmoqda, fuqarolarimiz bilan doimiy aloqada boʻlib, ularga zarur konsullik-huquqiy yordam koʻrsatmoqda", — dedi Omonulla Fayziyev.

Eslatib oʻtamiz, 10 oktabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod xalqaro aeroportiga yirik hujum qilindi.

Dastlabki xabarlarga koʻra 12 kishi halok boʻlgan, 300 dan ortiq odam jarohatlangan.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi hujumni qatʼiy qoralab, tomonlarni vazminlikka va keskinlikni kuchaytirmaslikka chaqirdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid