platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Ukraina "Yandeks"ga hujumlarni kuchaytirdi: Vladimirdagi markaz faoliyati toʻliq toʻxtadi

Hujumlardan keyin Rossiya va MDH mamlakatlarida, jumladan, Oʻzbekistonda ham "Yandeks Go", "Yandeks Yeda" va boshqa xizmatlarda uzilishlar kuzatilmoqda. Kompaniya tiklash ishlari boʻyicha aniq muddatni hozircha maʼlum qilmagan.

Ukraina "Yandeks"ga hujumlarni kuchaytirdi: Vladimirdagi markaz faoliyati toʻliq toʻxtadi

11 oktabrga oʻtar kechasi Vladimirdagi "Yandeks" maʼlumotlar markaziga dronlar hujum qilgani xabar qilindi. Kompaniya infratuzilma shikastlangani va markaz faoliyati toʻliq toʻxtaganini maʼlum qildi. Jabrlanganlar yoʻq.

Bu bir hafta ichida "Yandeks" obʼektlariga qilingan uchinchi hujum boʻldi. Bungacha Ryazan va Kaluga viloyatlaridagi data-markazlar ham zarar koʻrgani aytilgan.

Hujumlardan keyin Rossiya va MDH mamlakatlarida, jumladan, Oʻzbekistonda ham "Yandeks Go", "Yandeks Yeda" va boshqa xizmatlarda uzilishlar kuzatilmoqda.

Kompaniya tiklash ishlari boʻyicha aniq muddatni hozircha maʼlum qilmagan.

Vladimir viloyati gubernatori Aleksandr Avdeyevning soʻzlariga koʻra, hujum natijasida 5000 aholini elektr energiyasi bilan taʼminlaydigan ikkita podstansiya ham ishdan chiqqan. Bir soatdan keyin u elektr taʼminotining 80% tiklanganini, issiqlik va suv esa 100% taʼminlanganini xabar qildi. Hujum joyi yaqinidagi uylarning aholisi evakuatsiya qilindi.

Sochi shahriga ham hujum qilindi. Krasnodar oʻlkasi maxsus guruhi aeroport hududiga "dron parchalari" tushganini xabar qildi. Maʼmuriy binolardan birida yongʻin sodir boʻldi, ammo hech kim jabrlanmadi. "Dron parchalari" xususiy mulk va mehmonxonalarga ham tushdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi havo mudofaasi kuchlari bir kechada Rossiyaning 17 ta viloyati va Qrim boʻylab 479 ta Ukraina dronini urib tushirganini maʼlum qildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid